Oyoq kiyimning badbo‘y hidiga qarshi qanday kurashasiz? 

Light 09:00 / 02.10.2019 54524

Oyoqlar – kun davomida o‘ziga eng katta og‘irlikni oluvchi tana a'zosidir. Har kuni harakatda bo‘ladigan insonlarning nafaqat ichki tana a'zolari, balki butun tizimi faollashadi. Shu tariqa, tanadan teri ajralishi holati kuchayadi. Ko‘p holllarda haddan ziyod terining ajralishi yoqimsiz hidlarni keltirib chiqarishga sababchi bo‘ladi. 

Ba'zi hollarda badbo‘y hidning taralishiga oyoqlarni o‘z vaqtida parvarishlamaslik, poyabzal sifatining talabga javob bermasligi va paypoqlarning teriga havo bermasligi sabab bo‘lishi mumkin. Agarda sizda oyoqning haddan ziyod terlashi kuzatilsa, darhol bunga qarshi chora ko‘rishingizni tavsiya etamiz.  

Badbo‘y hid nafaqat o‘zingizga, balki yoningizdagi insonlarga ham noqulaylik tug‘diradi, ular sizdan tezroq qochishga urinishadi. Tabiiydek ko‘ringani bilan kuchli terlash insonga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. O‘z vaqtida badbo‘y hid bartaraf etilmasa, undan xalos bo‘lish qiyinlashib boraveradi.

Oyoq terlashidan himoyalanishning biz bilgan juda ham oson usullari mavjud: o‘z vaqtida yuvib turish, toza va sifatli paypoqlar kiyish, ularni tez-tez almashtirish va albatta, yaxshi, sifatli dezodorant vositalaridan foydalanish. 

Siz oyoq terlashiga qarshi antiperspirant olayotganda uning sifati va ta'siriga e'tibor berasizmi? Aksariyat hollarda, xaridorlar ularning tarkibi va xususiyatlarini inobatga olmay sotib olishadi. 

Odatiy dezodorantlardan antiperspirantlarning farqi shundaki, ular ter ajralishini sezilarli darajada kamaytiradi (dezodorant esa shunchaki hidni boshqacha taralishiga xizmat qiladi).

Joriy yilda bozorlarimizga kirib kelgan ECO DRY antiperspiranti universal vosita bo‘lib, uni terlaydigan tana a'zolarining barchasi (ko‘krak, qo‘ltiq osti, qo‘l kafti, oyoq)ga qo‘llash mumkin. U hech qanday xavfli kasallik qo‘zg‘atmaydi va insonni badbo‘y hiddan hamda haddan ziyod terlashdan yaxshi himoya qiladi. 

Siz uni sepgach, har qanday paypoq va kiyimlarni bemalol kiyishingiz mumkin. Oyoqni yuvganda ham qayta qo‘llashga ehtiyoj sezilmaydi, sababi u o‘z ta'sirini uzoq vaqtgacha yo‘qotmaydi.

Yana bir jihat: mahsulotning tarkibida inson terisiga ziyon keltiruvchi vositalar yo‘q. Shu sababli siz undan bemalol istalgan vaqtda foydalanishingiz mumkin. 

Biz sizlarga ko‘plab iste'molchilar tomonidan yaxshi qabul qilingan antiperspirantni tavsiya berdik. Oyoqning badbo‘y hididan qutulish uchun qanday vositadan foydalanasiz? Tanlov o‘zingizda! 

Murojaat uchun telefon: +998 99 400 42 44 | +998 93 567 14 14 | +998 97 742 14 44

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: