BAAlik ilk fazogir koinot stansiyasida milliy kiyimda namoyon bo‘ldi

Jahon 23:03 / 02.10.2019 13777

BAAlik ilk fazogir, bir hafta avval Xalqaro koinot stansiyasiga tashrif buyurgan Hazza al-Mansuriy stansiyada an'anaviy arab kiyimida namoyon bo‘ldi.

Bundan Rossiyaning “Roskosmos” koinot agentligi tvitterda joylashtirgan suratlardan ma'lum bo‘ldi.

Suratda XKSning amaldagi ekipajining to‘liq tarkibini, jumladan oq libosdagi Al-Mansuriyni ko‘rish mumkin.  

25 sentyabrda fazoga parvoz qilgan BAAlik fazogir 3 oktyabrda rossiyalik fazogir Aleksey Ovchinin va NASA astronavti Nik Xeyg bilan birga Yerga qaytadi. 

Ko‘proq yangiliklar: