AQShda Ikkinchi jahon urushi zamonlaridagi bombardimonchi falokatga uchradi

Jahon 20:20 / 02.10.2019 9277

AQShning Bredli aeroporti (Konnektikut shtati) hududida Ikkinchi jahon urushi zamonlaridagi bombardimonchi samolyot falokatga uchradi. Uning bortida bo‘lgan odamlarning soni va ular bilan nima bo‘lgani hozircha noma'lumligicha qolmoqda. Bu haqda aeroport ma'muriyati xabar bergan. 

Samolyot Collings Foundation jamg‘armasiga tegishli bo‘lgan. Samolyot qulagandan keyin yuz bergan yong‘inni o‘chirish va odamlarni qutqarish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilgan.

CNN telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot qulashi oqibatida kamida 6 kishi jabrlangan. 

AQSh mutasaddi idoralari ma'lumotlariga ko‘ra, gap B-17 samolyoti haqida ketmoqda. U aeroportning oltinchi uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘nish vaqtida falokatga uchragan. 

“Uchar qo‘rg‘on” nomi bilan ma'lum bo‘lgan V-17 1930-yillarda Boeing kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Umumiy hisobda ushbu samolyotdan 12,7 ming donadan ko‘proq yig‘ilgan. Ular 1945 yilgacha ekspluatatsiya qilingan. 

Samolyotga egalik qilgan Collings Foundation xususiy notijorat jamg‘armasi 1979 yilda tashkil etilgan bo‘lib, tarixda muhim ahamiyat kasb etgan aviatexnika va avtomobillar namunalarini saqlash bilan shug‘ullanadi.

Ko‘proq yangiliklar: