Foto: «Paxtakor» «So‘g‘diyona»ni yirik hisobda mag‘lub etdi va chempionlikni nishonladi

Sport 19:20 / 01.10.2019 15758

Superligada 21-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Paxtakor» o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba  qozondi. Gollar Igor Sergeyev (2ta) va Doston Hamdamov hisobiga yozildi. 

O‘yindan keyin «Paxtakor» klubi muxlislar bilan avvalgi turda, «Metallurg»ga qarshi g‘alabali o‘yindan (2:1) keyin qo‘lga kiritilgan 12-chempionlikni nishonladi.

Shota Arveladze shogirdlari 21 turda 59 ochko jamg‘arishgan va eng yaqin ta'qibchisi «Lokomotiv»ni 22 ochkoga ortda qoldirishgan. «Sherlar» mavsumni mag‘lubiyatsiz davom ettirmoqda, jamoa mavsum boshidan buyon 19 g‘alabaga erishib, faqat 2 o‘yinda durang o‘ynagan, to‘plar nisbati - 64:12.

Shuningdek, jamoaning asosiy hujumchisi Dragan Cheran 22ta gol bilan turnir to‘purari bo‘lib turibdi, u eng yaqin ta'qibchilari Humoyun Murtozayev («Nasaf», 11 gol), Temurxo‘ja Abduxoliqov («Lokomotiv», 11 gol) va Zafar Polvonovni (OKMK, 11 gol) katta farq bilan ortda qoldirishga erishgan.

Superliga, 21-tur
1 oktabr, Toshkent, «Paxtakor» stadioni
PAXTAKOR - SO‘G‘DIYoNA 3:0

Gollar: Igor Sergeyev (21, 55), Doston Hamdamov (89)
Hakamlar: O.To‘ychiboyev, A.Rasulov, J.Saidov, R.Choriyev.
Nazoratchi: G‘.Karimov. Komissar: A.Davidenko.    
Paxtakor: Suyunov, Alijonov, Simich, Krimets (S), Sayfiyev, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev, Hamdamov, Cheran, Masharipov, Sergeyev.
Zaxira: Quvvatov, Salimov, Abdullayev, Roziyev, Iminov, Mahmudhojiyev, Bikmayev, Kozak, Yo‘ldoshev.
So‘g‘diyona: Mitrovich, Qulmatov, Shoyqulov, Orifov, Maxaradze, N.Hasanov, Norxonov, Talxatov, J.Hasanov, Milinkovich, Fayziyev.
Zaxira: Sh.Abdullayev, Sanjar Rashidov, Meliyev, Nurmatov, I.Abdullayev, Boltaboyev, Sahob Rashidov, M.Hasanov, Jo‘rabekov.

Ko‘proq yangiliklar: