Istanbulda Toshkent narxidagi yangi xonadon sotib olishni xohlaysizmi?

Jamiyat 11:00 / 30.09.2019 37115

Turkiyaning dam olish maskanlari va diqqatga sazovor joylari dunyo bo‘ylab millionlab sayyohlarni jalb qiladi. Turkiyaga tashrif buyuruvchi xorijliklar orasida nafaqat dam olish, balki ishlash, o‘qish yoki shunchaki qulayroq yashash maqsadida keluvchilar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. Axir, Istanbulda yashash Yevropaning boshqa mamlakatlariga qaraganda ancha arzonga tushadi. Shunday ekan, Istanbulda ko‘chmas mulk sotib olishga qanday qaraysiz?

Quyida Uybor.uz sayti tomonidan ishlab chiqilgan, Turkiyada ko‘chmas mulk sotib olishning 5ta asosiy sababi keltirilgan:

Birinchi sabab – narx

Agar siz Turkiyada ko‘chmas mulk sotib olish qimmatga aylanadi deb o‘ylasangiz, u holda yana bir bor o‘ylab ko‘ring. Bugungi kunda Toshkentdagi kvartiralarning o‘rtacha narxi 1 m² uchun 656 AQSh dollarni tashkil qiladi. Ammo, yangi inshootlardagi bunday narxga sotilayotgan aksariyat kvartiralar esa ta'mirlanmagan. Xuddi shu narxga siz Istanbulda ta'mirlangan xonadonni sotib olishingiz mumkin.

Keling, Turkiyada sotib olishingiz mumkin bo‘lgan bir nechta uy-joy variantlarini ko‘rib chiqamiz:

A) Beylikduzyu tumanidagi turar joy kompleksidagi xonadonlar (Istanbulning Yevropa qismi)

  • Qavatlar soni: 27 qavatli binoning 4-qavatida;
  • Xonalar soni: 3 ta;
  • Maydoni: 155 m²;
  • Xonadon holati: ta'mirlangan va qurilgan oshxona mebeli mavjud;
  • Narxi: 65000 AQSh dollari (1 m² uchun 481 AQSh dollari). 35%lik boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirish bilan 36 oygacha bo‘lgan muddatli to‘lov asosida  sotib olish mumkin.

Tafsilotlar bu yerda.

B) Avdjilar tumanidagi turar-joy kompleksidagi xonadonlar (Istanbulning Yevropa qismi)

  • Qavatlar soni: 4 qavatli binoning 2-qavatida;
  • Xonalar soni: 3 ta;
  • Maydoni: 95 m²;
  • Xonadon holati: ta'mirlangan va qurilgan oshxona mebeli mavjud;
  • Narxi: 69300 AQSh dollari (1 m² uchun 729 AQSh dollari).

Tafsilotlar bu yerda.

Turkiyadagi boshqa xonadonlarni ko‘rish uchun quyidagi havolaga kiring.

Ikkinchi sabab – muddatli to‘lov

Sizni bu hayratda qoldirishi mumkin, biroq siz Turkiyada yangi qurilgan uylarni 36 hattoki 48 oygacha bo‘lgan muddat davomida muddatli to‘lov asosida sotib olishingiz mumkin. Bundan tashqari muddatli to‘lovni amalga oshirish uchun Turkiya rezidenti yoki fuqarosi bo‘lishingiz shart emas. Bu borada sizdan daromadingiz to‘g‘risidagi ma'lumotnoma yoki bankdan ko‘chirma ham talab qilinmaydi.

Shunday qilib, agar Beylikduzyudagi 2 xonali uyning narxi 65000 AQSh dollarini tashkil qilsa, unda siz 22750 AQSh dollari miqdoridagi 35%lik boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirasiz va 36 oy muddat davomida oyiga 1174 AQSh dollari to‘laysiz. 

Uchinchi sabab – unumli investitsiya

Turkiyada ko‘chmas mulk sotib olish – bu ijara daromadi va ko‘chmas mulk qiymatining o‘sishi shaklidagi daromad keltiruvchi uzoq muddatli investitsiyadir. Turkiya Markaziy Banki ma'lumotlariga ko‘ra, 1 m² uchun uy- joy narxi 2019 yil iyulda Turkiyada o‘rtacha 502 AQSh dollari (2787.33 TL)ni, Istanbulda esa 936 AQSh dollari (4684 TL)ni tashkil qilgan. Ekspertlarning fikricha, hozirgi kunda Turkiyada ko‘chmas mulk sotib olish juda istiqbolli sarmoya hisoblanadi.

Aytgancha, ko‘chmas mulk ijarasidan daromad olish uchun investorning mamlakatda bo‘lishi muhim emas. Bu masala bilan ko‘chmas mulk agentliklarining o‘zi shug‘ullanadi, siz esa, xotirjamgina ijara to‘lovidan daromad olasiz.

To‘rtinchi sabab – mamlakatda yashash uchun ruxsatnoma

2018 yildan boshlab Turkiya xukumati 250 ming AQSh dollari va undan qimmat bo‘lgan ko‘chmas mulkni sotib olgan xorijliklarga mamlakatda yashash uchun ruxsatnomadan tashqari fuqarolik ham taqdim eta boshlagan. Bundan tashqari, yashash uchun ruxsatnoma ko‘chmas mulk sotib oluvchining barcha oila a'zolariga beriladi.

Beshinchi sabab – qulay hayot

Ehtimol, Turkiyada uy-joy sotib olishning asosiy afzalligi bu – qulay va iliq dengiz iqlimi, mehmondo‘st va madaniyatimizga yaqin bo‘lgan odamlar hamda yuqori bo‘lmagan narxlardir.

Qanday qilib sotib olish mumkin?

Uy sotib olish uchun Uybor.uz  saytida chet eldagi kvartirani tanlang  va telefon tugmachasini bosish orqali e'lon muallifi bilan bog‘laning.Siz Turkiyadagi xalqaro raqamga qo‘ng‘iroq qilar ekansiz,  vaqt bo‘yicha 2 soat farq oralig‘ini hisobga oling (Toshkentda ertalabki soat 8 bo‘lganda, Istanbulda ertalabki 6 bo‘ladi). Qurilish firmasi yoki ko‘chmas mulk agentligi sizning barcha savollaringizga batafsil javob beradi. Uyni sotib olish va uni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz uchun Turkiyaga borishingiz lozim bo‘ladi. Ko‘chmas mulk agentligi sizga uyni ko‘rsatgach va tanlovingiz to‘g‘ri ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lgach, uyni sotib olish jarayonlarini boshlashingiz mumkin.

Uybor sayti – nafaqat O‘zbekiston, balki chet elda ham uy-joy sotib olishingiz, sotishingiz va ijaraga berishingiz mumkin bo‘lgan ko‘chmas mulk saytidir. Ko‘chmas mulkni aql bilan izlang.

Eslatma: Uybor.uz sayti xorijiy qurilish firmasi yoki ko‘chmas mulk agentligining e'lonini joylashtirishdan avval uning bunday faoliyat bilan shug‘ullanish xuquqini tasdiqlovchi xujjatlarni tekshiradi. Shunga qaramay, Uybor xaridorlarga ko‘chmas mulkni sotib olish shartlarini diqqat bilan o‘rganib chiqishni va tegishli shartnomani imzolagach, sotib olish bilan bog‘liq to‘lovlarni belgilangan tartibda amalga oshirishni tavsiya qiladi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: