Qanday mahsulotlar yurakni himoyalashda yordam beradi?

Light 10:58 / 29.09.2019 64107

29 sentyabrda Butunjahon yurak kuni nishonlanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, yurak-tomir kasalliklari butun dunyoda odamlar o‘limining asosiy sababi hisoblanadi.   

Parranda yoki baliq go‘shti foydasiga yog‘li go‘shtdan voz kechish, turshak, loviya va yong‘oqlar iste'mol qilish, shakar iste'molini cheklash yurak salomatligini saqlashga yordam beradi. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining profilaktik tibbiyot tadqiqot markazi saytida ma'lum qilingan.

“Muvozanatlashgan ovqatlanish – sog‘lom yurak tomon birinchi qadamdir, u insonni organizmning barcha tizimlari normal ishlashi va normal vaznni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan foydali moddalar bilan ta'minlaydi”, deyilgan maqolada.

Taomlar tanlashda parranda, baliq go‘shti va dengiz mahsulotlariga afzallik berish va yog‘siz hamda shirin bo‘lmagan sut-qatiq mahsulotlarini tanlash lozim. 

Bundan tashqari, turshak, loviya, yong‘oqlar va kepakli non kabi kaliy va magniyga boy mahsulotlarni iste'mol qilish kerak.

Meva va sabzavotlardan bir sutkada kamida 400 gramm iste'mol qilish lozim. Shakar, shirinliklar, qandolat mahsulotlari va shirin ichimliklar iste'molini cheklash lozim, chunki ular ancha kaloriyali hisoblanadi.

Yurak uchun omega-3 yog‘ kislotalari saqlovchi mahsulotlar – tuzlanmagan skumbriya, syomga, forel va losos iste'mol qilish koni foydadir. Yog‘li go‘sht, qaymoq va yog‘li tvorog iste'molini ham cheklash lozim.

Ko‘proq yangiliklar: