Eng yaxshi smartfonlarning navbatdagi reytingi e'lon qilindi

Fan-texnika 08:03 / 29.09.2019 59242

Business Insider nashri narx va funksionallik bog‘lanishi hisobga olingan holda eng yaxshi smartfonlar reytingini e'lon qildi.

1-o‘rinni Xitoyning OnePlus 7T smartfoni egallagan. Nashrning ta'kidlashicha, qurilma 2019 yilda unumdorlik bo‘yicha Android-qurilmalar orasida eng yaxshisi hisoblanadi hamda chiroyli dizayn, a'lo sifatdagi kamera va yaxshi avtonomlik bilan ajralib turadi. 

Foto: OnePlus

2-o‘rinni Apple’ning iPhone 11 smartfoni egalladi. Ushbu smartfon a'lo darajadagi 6,1-dyuymli ekran, kuchli protsessor hamda unumdor kameraga ega. 

Foto: Justin Sullivan/Getty Images

3-o‘rinni OnePlus’ning 7 Pro modeli egalladi. Ushbu gadjet unumdor protsessor, yaxshi sifatdagi kamera hamda barmoq izlari va yuzni tanishning o‘ta tezkor datchiklariga ega.

Foto: Antonio Villas-Boas/Business Insider

Reytingning 4-o‘rnidan Google’ning Pixel 3a va Pixel 3a XL smartfonlari joy oldi. Ushbu gadjetlar yaxshi unumdorlik hamda avtonomlikka ega va OLED-displey bilan jihozlangan.

Foto: Hollis Johnson/Business Insider

5-o‘rinni OnePlus 6T modeli egalladi. Ushbu qurilma Xitoy kompaniyasining boshqa qurilmalari kabi a'lo darajadagi avtonomlik, o‘ta tezkor quvvatlash qurilmasiga ega.

Foto: Antonio VIllas-Boas/Business Insider

Shuningdek, reytingdan Samsung Galaxy S10e, iPhone XR, Samsung Galaxy Note 10 Plus, Samsung Galaxy S10 va Galaxy S10 Plus, iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max kabi modellar o‘rin olgan.

Ko‘proq yangiliklar: