Fransiya politsiyasi o‘zbekistonlik tennischini qo‘lga oldi 

Sport 15:09 / 27.09.2019 47050

Fransiya politsiyasi ikki nafar tennischi - o‘zbekistonlik Albina Xabibulina va qirg‘izistonlik Kseniya Palkinani qo‘lga oldi. Ular kelishilgan o‘yinlarda gumonlanmoqda.

Ushbu hibsga olishlar Fransiyadagi musobaqalarda kelishilgan o‘yinlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan yirik surishtiruvning bir qismiga aylandi. Bu haqda Gotennis xabar bermoqda.

L’Equipe ma'lumotiga ko‘ra, avvalroq Xabibulina mart oyida Gonnesdagi turnirda o‘tkazilgan o‘yinda atayin mag‘lub bo‘lganini tan olgan. Palkina esa u va pul tikadigan odamlar o‘rtasida vositachilik qilishda gumonlanmoqda. Fransiya rasmiylarining sportchilarga bo‘lgan e'tiborini shubhali pul tikishlarni payqagan britaniyalik bukmekerlar jalb qildi.

Surishtiruv tufayli Xabibulina va Palkina juftlikda o‘ynashi kerak bo‘lgan Klermont-Ferrandagi ITF musobaqasida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: