Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyushmasi nomi va logotipi o‘zgaradi

Sport 22:54 / 26.09.2019 4941

Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyushmasi (IAAF) kongressi uyushma nomi va logotipi o‘zgarishini tasdiqladi.

Qatar poytaxti Dohada yengil atletika bo‘yicha 27 sentyabrdan 6 oktyabrgacha o‘tadigan jahon chempionatidan keyin tashkilot yangi WA - World Athletics nomi bilan faoliyat yuritadi.  

“Men o‘zimni taniganimdan, 2003 yilda IAAF kengashi a'zosi bo‘lganimdan beri mendan qaysi tashkilotda ishlashimni so‘rashganda menga har safar bu nimaligini tushuntirish uchun 3-4 daqiqa ketardi. Yangi brend ustida puxta ish olib borildi. Yangi brend hali qo‘llanmayotganiga qaramay, IAAF’dan ko‘ra ancha taniqliroq bo‘lmoqda”, deb aytgan IAAF prezidenti Sebastyan Kou.

Uyushma logotipi dizayni uchta asosiy elementdan tashkil topgan: W – tinchlik, shuningdek, g‘alabani nishonlayotgan sportchi qo‘lini; A – yengil atletika, yugurishga tayyorlanayotgan sportchini ifodalaydi, elementlar ustidagi yoy esa yengil atletikaning birlashgan hamjamiyatini bildiradi. Logotipda doimo olg‘a intilishni ifodalaydigan yugurish yo‘lakchasi ham bor.

Tashkilotning rebrending jarayoni 2018 yil yanvarda boshlangan. U bilan birga IAAF’ning 100 yildan ko‘proq vaqt mavjud bo‘lgan logotipi o‘zgargan.

Ko‘proq yangiliklar: