O‘zbekistonda mokilik savdosi hajmi qisqarishda davom etmoqda. Bundan Markaziy bankning 2019 yilning I yarim yili uchun to‘lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi, shuningdek, tashqi qarz bo‘yicha ma'lumotlari darak beryapti.
Xususan, 2019 yil I yarim yillikda mokilik savdosi hajmi 195,4 mln dollarni tashkil qilgan. Ya'ni, yilning 1-choragida - 97,7 mln, 2-choragida ham 97,7 mln dollar.
Shu bilan birga, 2018 yil I yarim yilligida mokilik savdosi miqdori 607,6 mln dollarga teng bo‘lgan. 2018 yil yakunlari bo‘yicha esa - 1,08 mlrd dollar.
Mokilik importi ham qisqarishda davom etmoqda - 141,2 mln dollar, eksport - 54,3 mln dollar.
Bundan oldin, O‘zbekiston tashqi qarzi 20,7 mlrd dollarga yetgani xabar qilingandi.