Angliya Liga Kubogiga qur'a tashlandi: «Liverpul» «Arsenal»ga,«Chelsi» – «MYu»ga qarshi

Sport 10:20 / 26.09.2019 7404

Angliya Liga Kubogining 1/8 finaliga (4-raund) qur'a tashlandi. Qur'a natijalariga ko‘ra, «Chelsi» «MYu»ni, «Liverpul» esa «Arsenal»ni o‘z uyida qabul qiladigan bo‘ldi. 

Liga Kubogi, 4-raund juftliklari

«Liverpul» – «Arsenal»
«Chelsi» – «Manchester Yunayted»
«Manchester Siti» – «Sauthempton»
«Everton» – «Uotford»
«Aston Villa» – «Vulverhempton»
«Berton» – «Lester»
«Krouli Taun» – «Kolchester»
«Oksford Yunayted» – «Sanderlend

1/8 final bahslari 26 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kubokning amaldagi sohibi — «Manchester Siti» hisoblanadi.

Turnirga 1960 yilda asos solingan. Ayni vaqtda Angliya chempionatining 4ta divizioniga (Premer-liga va Angliya futbol ligasining keyingi 3ta ligasi) mansub bo‘lgan 92 klub ishtirok etadi.

Ko‘proq yangiliklar: