Otabek Shukurov Yaman va Singapur bilan o‘yinlarga chaqirildi

Sport 23:08 / 25.09.2019 16911

O‘tgan mavsum BAA chempionatida g‘olib bo‘lgan «Sharja» futbolchisi Otabek Shukurov O‘zbekiston milliy jamoasining Yaman va Singapurga qarshi o‘yinlariga chaqirilgan. Bu haqida Tribuna.uz manba'si ma'lum qildi.

Otabek 6 oydan so‘ng ilk marta milliy jamoaga chaqirildi.

Shukurov mart oyida Xitoyga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida jiddiy jarohat olgan va uzoq muddatga safdan chiqqandi. Shundan so‘ng aprelda operatsiya qilingan Otabek BAA superkubogi o‘yinida maydonga tushib, jamoasining g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shgandi.

Ko‘proq yangiliklar: