ICTEXPO-2019: UMS stendiga nazar

Fan-texnika 17:00 / 25.09.2019 17514

UMS mobil operatori ICTEXPO-2019 ko‘rgazmasida o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etgan holda rivojlanish istiqbollariga urg‘u bermoqda.

Yorqin, texnologik, innovatsiyalarga boy. Har yili bo‘lib o‘tadigan an'anaviy ICTEXPO ko‘rgazmasiga aynan shunday ta'rif berish mumkin. Uning doimiy ishtirokchilaridan biri – UMS kompaniyasidir. O‘tgan yili uning stendi dizayni eng zo‘r deb topilgan edi. Mazkur yilda ham munosib ishtirok etish maqsadida operator 25-27 sentabr kunlari Toshkent va Farg‘ona shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmaning ikkalovida ham qatnashmoqda. 

Poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz” MKKga joylashtirilgan UMS stendi ko‘rinishidan 3 ta sektorga bo‘lingan, axborot-ma'lumot bilan ta'minlanganligi va vazifalari bo‘yicha esa uni 5 ta bo‘limga ajratish mumkin.

B2C sektorida UMS xodimlari mehmonlarga mobil aloqaning barcha masalalari bo‘yicha maslahat berish, tarif rejalari va raqamlarni tanlashga ko‘maklashish, qo‘shimcha xizmat va servislarni yoqib berishga shay. Kompaniyaning tarif rejalari, xizmat va imkoniyatlari keng bo‘lganligi uchun ko‘pchilikning e'tiborini tortmoqda.

Shu yilning o‘zida UMS kompaniyasi aholi uchun oylik abonent to‘loviga ega 4 ta va yillik to‘lovga ega 2 ta tarif rejasini taqdim etdi. Hususan, “Yorqin” va “Yorqin” yillik tariflari o‘zining jozibadorligi va qulayligi (har oyda 10 000 MB, 1 000 daqiqa va 1 000 SMS) bilan abonentlarga manzur bo‘lmoqda. «Chilla Lite», «Shodlik», «Omad» tariflari esa ma'lum hududlar abonentlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Mazkur yilda kompaniyaning bir qator tariflari qayta ko‘rib chiqildi va ixchamlashtirildi – ularda daqiqa va megabaytlar hajmi oshirildi, abonent to‘lovlari esa o‘zgarishsiz qoldirildi. Turli xil Internet-to‘plamlarining narxlari tushirildi. Tariflar bilan bir xil hajmdagi daqiqa, megabayt va xabarlarni o‘z ichiga olgan noyob Fresh-to‘plamlar joriy qilindi.

Yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z borar ekan, aksiyalar bo‘yicha barcha toifadagi chiroyli raqamlar narxlari arzonlashtirildi. Ushbu aksiyalar faqat 30 sentyabrga qadar davom etishini inobatga olgan holda ICTEXPO mehmonlari qulay fursatdan foydalanib qolishlari mumkin.

UMS stendida, shuningdek, ko‘chma baza stansiyalari uchun pnevmatik tirgagich namunasi namoyish qilinmoqda. Bunday baza stansiyalari eng qisqa muddatlarda u yoki bu hududni aloqa bilan vaqtinchalik ta'minlab turish imkonini beradi. Misol uchun, bu bayram va sport tadbirlarida juda ham asqotadi. Bunday stansiyaning ishlash radiusi va sig‘imi oddiy baza stansiyalar bilan bir xil. Ko‘rgazmada namoyish qilinayotgan baza stansiyasi tirgagichi pnevmatika yordamida ishlaydi. UMS kompaniyasi bunday qurilmalardan keng tarzda foydalanish niyatida.

Texnik rivojlanish haqida so‘z borar ekan, mazkur yilda operator respublika bo‘yicha tarmoqlar va uskunalarni modernizatsiya qilish ustida ish olib bormoqda. Hududlarga 4G baza stansiyalari o‘rnatilmoqda, 3G tarmoqlari sig‘imi oshirilmoqda, billing va boshqa tizimlar yangilanmoqda. Natijada, yangidan-yangi xizmat va mahsulotlar joriy qilinadi, aloqa va internet sifati yuksaltiriladi.

Stendning keyingi sektori B2B va B2G mijozlar uchun mo‘ljallangan. UMS mobil operatori biznes-tuzilmalari va davlat organlari bilan ishlashga katta e'tibor qaratib kelmoqda. Hususan, kompaniyaning texnik va texnologik negizida himoyalangan hukumat mobil aloqasi ishga tushirilgan va davlat organlari xodimlarini unga ulash ishlari olib borilmoqda. UMS stendida davlat organlari va biznes vakillari kompaniya bilan muzokaralar olib borishlari va zaruriy maslahatlar olishlari mumkin.

UMSning ICTEXPOdagi stendida kichik o‘yin zonasi mavjud bo‘lib, u yerga maxsus selfi oyna joylashtirilgan. Har kim unda selfiga tushib, suratlarini elektron pochtaga yuborishi mumkin. Bundan tashqari, suratga tushgan va ma'lumotlarini taqdim etgan mehmon maxsus o‘yin ishtirokchisiga aylanishi va 27 sentabr kuni turli xil sovg‘alar yutib olishi mumkin.

Umuman olganda, barcha aksiya va sovrinli o‘yinlar aynan 27 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. UMS stendida qiziqarli tadbirlar o‘tkazilishi, qurilmalar va megabaytlar o‘ynalishi kutilmoqda. Buning uchun operator sahna va OLED-ekranli sektorni nazarda tutgan.

ICTEXPO-2019 ko‘rgazmasi endi boshlandi va uning eng qiziqarli qismi hali oldinda. Ko‘rgazmani va UMS stendlarini poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz” MKKning 1 sonli pavilonida va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona shahridagi filialida borib ko‘rish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: