Burj Xalifa binosida BAAning birinchi fazogiri tasviri paydo bo‘ldi

Dubaydagi Burj Xalifa binosida chorshanba kuni «Soyuz MS-15» kemasida koinotga parvoz qilgan birlashgan arab amirliklarilik ilk fazogir Hazza al-Mansuriyning tasviri paydo bo‘ldi.
Binoning ijtimoiy tarmoqdagi videoblogida mazkur holat tasvirlangan lavha joylashtirildi.
«Soyuz» parvozini Dubay valiahd shahzodasi amirlik maktab o‘quvchilari bilan birgalikda kuzatdi.
Al-Mansuriy kemada 100 kmlik balandlikdan o‘tib, ilk BAAlik fazogirga aylandi. Xalqaro tasniflashga ko‘ra, koinotning 100 km balandlikdagi shartli chegarasidan yuqoriroq ko‘tarilgan inson fazogir yoki astronavt deb hisoblanishi mumkin.
O‘zini «arab Gagarini» deb atayotgan al-Mansuriy XKSda 8 kun qolib, 3 oktyabrda Yerga qaytadi.
Mavzuga oid

16:33 / 24.02.2025
Dubay valiahd shahzodasi dunyodagi eng baland binodan parashyutda sakradi

00:17 / 16.01.2025
Burj Xalifa O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkandi

18:41 / 27.09.2024
Burj Xalifa: dunyoni hayratga solayotgan osmono‘par bino

21:50 / 03.10.2019