Birja: AI-91 benzini narxi deyarli o‘zgarmadi, oltin qimmatladi

Iqtisodiyot 12:35 / 25.09.2019 12102

2019 yil 16-20 sentabr kunlari "O‘zRTXB" AJda o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi turli yo‘nalishlar bo‘yicha shakllanib bordi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida 3221,8 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yildi, va shundan 3062,8 tonnasi sotildi. So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan deyarli o‘zgarmadi va bir tonnasi uchun 6452,7 ming so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 22,0 mlrd so‘mlik 6798,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 20,3 %ga pasayib, bir tonna uchun 3257,0 ming so‘mni tashkil etdi.

Oltinning narxi boshlang‘ich narxining o‘sishi hisobiga ko‘tarildi. Savdo yakunlariga ko‘ra O‘zRTXBda 45,5 mln so‘mlik 100 gr Au-1 markali oltin sotilgan. Birja kotirovkasi so‘nggi savdo yakunlariga nisbatan 0,3 %ga oshib, 1 gr oltin uchun 454,5 ming so‘mni tashkil qilgan.

Birjada paxta tolasi uchun yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. O‘tgan hafta 1 nav 4 tip (o‘rta klass)dagi paxta tolasi bo‘yicha narxlar 4,1% ga o‘sib, bir tonna uchun 13,2 mln so‘mni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari o‘rtacha 9,6 mln so‘mdan 14,0 mln so‘mgacha bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: