Anzur Ismoilov milliy jamoadagi faoliyatini yakunladi

Sport 21:00 / 25.09.2019 23729

Toshkentning «Lokomotiv» klubi himoyachisi Anzur Ismoilov O‘zbekiston milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda Tribuna.uz manbasi ma'lum qildi.

Anzur klubdagi o‘yinlarga ko‘proq e'tibor berish uchun mamlakatning bosh jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.

Professional faoliyatini Samarqandning «Dinamo» jamoasida boshlagan Anzur Ismoilov keyinchalik «Traktor», «Paxtakor», «Bunyodkor», «Chanchun Yatay» va «Lokomotiv» jamoalarida o‘ynagan. 2007 yildan buyon milliy jamoada o‘ynab kelayotgan Anzur mamlakatning bosh jamoasi safida 101 o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.

Ko‘proq yangiliklar: