Xiaomi 2800 dollarlik Mi MIX Alpha smartfonini namoyish etdi

Fan-texnika 20:50 / 24.09.2019 26267

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi ekrani qurilmaning 180 foiz qismini tashkil etuvchi Mi MIX Alpha smartfonini namoyish etdi.

Qurilma Snapdragon 855+ protsessori asosida ishlaydi. U 5G aloqasini qo‘llab-quvvatlaydi, 12 GB tezkor va 512 GB ichki xotiraga ega.

Foto: The Verge

Smartfon 108 megapikselli kamera (12032×9024 nuqtali), ultra keng burchakli 20 megapikselli obektiv va 12 megapikselli teleobektiv bilan jihozlangan.

Uning narxi 2800 dollar deb e'lon qilindi.

Foto: The Verge
Foto: The Verge

 

Ko‘proq yangiliklar: