OTMlarda kontrakt pulini to‘lashning so‘nggi muddati 15 oktabr etib belgilandi

O‘zbekiston 14:29 / 24.09.2019 28010

2019/2020 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2019 yilning 15 oktyabri etib belgilandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, to‘lov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlari oliy ta'lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytiriladi.

Bundan oldin, talabalarga stipendiyalar to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risidagi qaror loyihasi e'lon qilingandi.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Respublika oliy ta'lim muassasalarining kunduzgi shaklida davlat granti va bir yillik o‘qitish qiymatining stipendiyali miqdorini to‘lagan, to‘lov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan talabalarni (xorijiy talabalardan tashqari) stipendiya bilan ta'minlash tizimi joriy etiladi.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalarida o‘qitishning kunduzgi shaklida davlat granti va bir yillik o‘qitish qiymatining stipendiyali miqdorini to‘lagan, to‘lov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan hamda nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilgan (xorijiy talabalardan tashqari) Oliy ta'lim muassasalari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlari belgilanadi.

Ko‘proq yangiliklar: