Andijonda Tokio Paralimpiadasiga yo‘llanma olgan va sovrindor suzuvchilar yosh sportchilar bilan uchrashdi

Sport 12:45 / 24.09.2019 3661

10-15 sentabr kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida para-suzish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beradigan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham munosib ishtirok etib, sakkizta medal va 3 ta Paralimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritishdi.

Ushbu musobaqada kumush medalni qo‘lga kiritgan Andijon suv sportiga ixtisoslashtirilgan BO‘SM sportchisi Firdavsbek Musabekov Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Sport maktabining yana bir sportchisi Muzaffar Tursunxo‘jayev 50 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha bronza medaliga sazovor bo‘ldi va Tokio-2020 Paralimpiada yo‘llamasining qimmatli reyting ochkolarini jamg‘ardi.

 Har ikki sportchi va ularning murabbiyi Andijon suv sportiga ixtisoslashtirilgan BO‘SM tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdilar.

 Sport maktabi direktori Ilhomjon Ergashboyev sovrindor suzuvchilarni o‘quvchilar nomidan tabriklab ularga kelasi yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlarida omadlar tiladi.

Firdavsbek Musabekov hamda Muzaffar Tursunxo‘jayevlar suv havzasida yosh sporchilarga mahorat darslari o‘tib berishdi.

 Elmurod Ermatov, Andijon

Ko‘proq yangiliklar: