Paradzyudo. O‘zbekistonliklar ikkita oltin, bitta kumush medalni qo‘lga kiritdi

Sport 19:11 / 23.09.2019 5651

23 sentabr kuni paradzyudo bo‘yicha IBSA Toshkent-2019 Gran-pri turniri birinchi kungi bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik paradzyudochilar 2 ta oltin 1 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi.

-60 kg vaznda erkaklar bellashuvida o‘zbekistonlik Sherzod Namozov finalda ruminiyalik sportchiga yutqazib qo‘ydi va kumush medalga ega bo‘ldi.

Foto: O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi

-52 kgda ayollar bellashuvida o‘zbekistonlik Sevinch Salayeva bronza uchun bahsda yutqazdi.

Erkaklar o‘rtasidagi -66 kg vaznli polvonlar bahslarida o‘zbekistonlik Quranbayev Uchqun finalda ozarboyjonlik raqibini yengib Gran-pri oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Foto: O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi

-57 kg vaznli ayollar bellashuvida o‘zbekistonlik Samandarova Parvina ozarboyjonlik Sevda Valiyeva bilan finalda turnir g‘olibligi uchun kurashdi. Unda Parvina og‘rituvchi usul qo‘llab raqibasini mag‘lub etdi va Gran-pri g‘olibasiga aylandi.

Foto: O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi

24 sentabr musobaqaning ikkinchi kungi bahslari o‘tkaziladi. Unda erkaklar -81, -90, -100 va +100 kg; ayollar -63, -70, +70 kg vaznda tatamiga tushadilar.

Ko‘proq yangiliklar: