Onlayn auksion orqali 3,4 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi

O‘zbekiston 17:08 / 23.09.2019 12359

2019 yilning 16-22 sentabr kunlari “O‘zRTXB” AJda 1035,4 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 4 %ga ko‘pdir. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 8,5 %ga o‘sib, 446,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 894,6 mlrd so‘mdan 896,9 mlrd so‘mga oshdi. Valuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning summasi avvalgi haftaga nisbatan ikki marotabaga oshib 3,3 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Eksportning tarkibida polietilen ulushi – 46%, suyultirilgan gaz ulushi – 24%, paxta tolasi mahsulotlari ulushi – 12%, har xil neft mahsulotlari – 9% va boshqa mahsulotlar 17 %ni egallashdi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 40,3 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 34,7 %ga ko‘pdir. Kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 18,2 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 45,2 %ni egalladi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 712 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,4 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 20,4 % birinchi toifadagi avtoraqamlarga 44,1 % ikkinchi va 35,5 % uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Ko‘proq yangiliklar: