La Liga. Benzemaning goli «Real»ga «Sevilya» bilan o‘yinda g‘alaba keltirdi

Sport 01:55 / 23.09.2019 12059

Ispaniya La Ligasi 5-turining markaziy bahsi yakunlandi. «Real» Andalusiyada «Sevilya» mehmoni bo‘lib, minimal hisobda g‘alaba qozondi. O‘yinning 64-daqiqasida Dani Karvaxalning uzatmasidan so‘ng Karim Benzema boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi. Ushbu gol o‘yinda yagonaligicha qoldi.

G‘alabadan so‘ng «qaymoqranglilar» ochkolari sonini 11taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. To‘plar nisbatiga ko‘ra, «Atletik» Bilbao klubi 1-o‘rinni egallab turibdi.

La Liga, 5-tur

Sevilya – Real 0:1

Gol: Benzema (64).
Sevilya: Vatslik, Karrisu (Nolito, 81), Diyego Karlos, Regilon, Navas, Banega, Jordan (Ernandes, 69), Okampos, Fernando, Vaskes (Oliver Torres, 52), de Yong.
Real Madrid: Kurtua, Mendi, Varan, Ramos, Karvaxal, Kazemiro, Xames (Valverde, 76), Beyl, Kroos, Azar (Vaskes, 90), Benzema.
Ogohlantirishlar: Karvaxal (20), Banega (26), Jordan (53), Ramos (62).

Ko‘proq yangiliklar: