Ikki kishi futbolchi Sala jasadining suratlari uchun qamoq jazosi oldi

Sport 23:01 / 23.09.2019 21958

Aviahalokat qurboni bo‘lgan futbolchi Emiliano Sala jasadi suratlarining internetda e'lon qilinishi uchun ikki kishi qamoq jazosi oldi. 

Metro.co.uk nashri ma'lumotlariga ko‘ra, suratlarda futbolchi jasadining 7 fevralda Dorsetdagi o‘likxonada yorilishi aks etgan. O‘likxonadagi kameralarni kuzatish uchun javobgar kompaniyaning sobiq direktori  Kristofer Eshford 5 oylik, yana bir ayblanuvchi Sherri Brey 14 oylik qamoq jazosi olgan. Ularning ikkisi kompyuter materiallariga noqonuniy kirishganini tan olishgan. 

Sala 19 yanvarda “Nant” fransuz klubidan Uelsning “Kardiff Siti” klubiga o‘tgan. 22 yanvarda futbolchi yangi jamoasiga yo‘l olgan bir motorli Piper Malibu samolyoti La-Mansh bo‘g‘ozi ustidan uchib o‘tayotganda yo‘qolib qolgandi. Samolyot 3 fevralda bo‘g‘oz tubida aniqlangan. Uning bo‘laklari orasida futbolchining jasadi topilgan. Politsiya ekspertizadan so‘ng jasad Salaniki ekanligini tasdiqlagan. Keyinroq samolyot halokatga uchrashdan oldin Sala va uchuvchi is gazidan zaharlangani ma'lum qilingan. 

Ko‘proq yangiliklar: