Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya o‘z fuqarolarini xorijdan qaytarish bo‘yicha urushdan keyingi eng yirik amaliyotni boshladi
Britaniyada 1841 yilda tashkil etilgan dunyodagi eng yirik turistik kompaniya Thomas Cook kreditorlar bilan qarzni uzish bo‘yicha muvaffaqiyatsiz yakunlangan muzokaralardan keyin majburiy tugatilishi va faoliyatini to‘xtatishini e'lon qildi. Kompaniya qarzi 2 mlrd funt sterlingga yaqinni tashkil qiladi. Hozirda kompaniyaning 600 mingga yaqin mijozi, jumladan 160 ming britaniyalik butun dunyo bo‘ylab dam olmoqda.
Kompaniya barcha parvozlarni to‘xtatgan, turlar va bronlarni bekor qilgan. Kompaniyaning investorlar va kreditorlar bilan qarzni uzish bo‘yicha olib borgan ko‘p oylik muzokaralari besamar yakunlangan.
Britaniya hukumati ta'tili 23 sentyabrdan 6 oktyabrgacha davr ichida yakunlanadigan britaniyalik sayyohlarni ortga qaytarish xarajatlarini to‘lab beradi. Bu odamlar uchun o‘nlab charter reyslari buyurtirilgan: yaqin ikki hafta ichida bu maqsadda mingdan ko‘proq reys bajariladi. OAVda ta'kidlanishicha, bu Britaniya fuqarolarini xorijdan qaytarish bo‘yicha Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik amaliyotdir. U qirollikka 600 mln funt sterlingga (750 mln dollar) aylanadi.
6 oktyabrdan keyin sayyohlar uyga qaytish xarajatlarini o‘zlari to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. Yevropaning boshqa davlatlarida sayyohlarni qaytarishga tegishli idoralar va hukumatlar javobgar bo‘ladi.
Britan turoperatori 60 dan ko‘proq yo‘nalish bo‘yicha oilaviy hordiq uchun arzon yo‘llanmalar taklif qilgan. 2018 yil kompaniya xizmatlaridan 19 mlndan ko‘proq odam foydalangan. Thomas Cook turoperatorlik va mehmonxona biznesi sohasida ko‘plab brendlarga hamda 30 dan ko‘proq samolyoti bo‘lgan o‘z aviakompaniyasiga ega.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
Jahon | 12:46
-
Yil boshidan beri qancha fuqaroga ijtimoiy to‘lov tayinlangani aytildi
Iqtisodiyot | 12:43
-
«Meduza» asoschisi Timchenko Rossiyada sirtdan hibsga olindi
Jahon | 12:21
-
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi
Iqtisodiyot | 12:15
Mavzuga oid

21:20 / 03.07.2025
Britaniyada Lordlar palatasining salkam 10 mln funtlik eshigi bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi

08:16 / 02.07.2025
Britaniyada «Isroil armiyasiga o‘lim» shiori bo‘yicha tergov boshlandi

10:44 / 25.06.2025
Britaniya Rossiya va Eron tahdidlari fonida urushdan xavotirda

12:07 / 21.06.2025