Abramov mavsum oxirigacha «Bunyodkor»da qoladi

Sport 18:48 / 23.09.2019 10648

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Vadim Abramov 2019 yil oxiriga qadar «Bunyodkor»ni ham boshqarishda davom etadi.

«Vadim Abramov shartnomaga ko‘ra, yil oxiriga qadar «Bunyodkor» jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham faoliyat yuritadi. Ya'ni, bir vaqtning o‘zida ham milliy terma jamoa, ham «Bunyodkor» bosh murabbiyi bo‘lib ishlaydi.

Yil yakunida natijalarga qarab, klubdagi faoliyatini davom ettirish-ettirmasligi ko‘rib chiqiladi», – deb ma'lum qildi Toshkent klubi matbuot xizmati.

Hozircha O‘FA va Abramov o‘rtasidagi kelishuv tafsilotlari noma'lum.

Ma'lumot uchun, Karlenovich «qaldirg‘ochlar»ni shu yilning yanvarida qabul qilib olgan, u OKMK boshqaruviga o‘tgan Mirjalol Qosimovning o‘rnini egallagandi. Jamoa Superliga yakunlanishiga 6ta tur qolgan bir vaqtda 3-o‘rinda bormoqda. Ikkinchi pog‘onadagi «Lokomotiv» bilan oradagi farq 3 ochkoga teng.

O‘zbekiston Liga kubogidagi ishtirokini yakunlagan «Bunyodkor» 26 sentabr kuni O‘zbekiston kubogining bitta o‘yindan iborat yarim finali doirasida Olmaliqda OKMK mehmoni bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: