Rossiya terma jamoasi Tokiodagi Olimpiadadan chetlatilishi mumkin 

Sport 10:00 / 22.09.2019 16897

2020 yilda Tokioda o‘tadigan yozgi Olimpiada Rossiya terma jamoasi ishtirokisiz o‘tishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri ma'lum qildi.  

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, rossiyalik sportchilar Moskva aksildoping laboratoriyasining 2019 yil boshida WADA’ga jo‘natgan ma'lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkinligi sababli o‘yinlardan chetlatishlari mumkin.  

Agar taqdim qilingan ma'lumotlar o‘zgartirilgani tasdiqlansa, Rossiya Tokio Olimpiadasidan chetlatiladi. Bunga keyingi 2 oy ichida oydinlik kiritilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: