Oltiboyev finalda yutqazdi. O‘zbekiston Gran-prini ikkinchi o‘rinda yakunladi

Sport 19:50 / 22.09.2019 15885

Toshkent-2019 dzyudo Gran-prisi so‘nggi kun bahslari bo‘lib o‘tdi. Bekmurod Oltiboyev finalda gruziyalik Tushishvili Guramga yutqazdi

Mutlaq vazn +100 kgda ishtirok etgan  yana bir o‘zbekistonlik Alisher Yusupov uchinchi o‘rin uchun bahsda S. Heggyga yutqazdi.  Yana bir bronza Y. Hammoga nasib etdi.  

Bekmurod Oltiboyev yarimfinalda S. Heggyni 6 soniyada mag‘lub etgan edi. 

Shunday qilib uch kun davom etgan Toshkent-2019 dzyudo Gran-prisi yakuniga yetdi.  

Turnir yakuniga ko‘ra rossiyalik dzyudochilar umumjamoa hisobida 5 ta oltin 2 ta kumush bilan birinchi, o‘zbekistonliklar  2 oltin 3 kumush 2 bronza bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, avstriyaliklar 2 tadan oltin va bronzani qo‘lga kiritib uchinchi o‘rin bilan kifoyalanishdi.

Ko‘proq yangiliklar: