O‘zbekistonda saraton kasalligining ko‘plab holatlari qanday sabablarga ko‘ra saqlanib qolayotgani ochiqlandi

O‘zbekiston 13:52 / 20.09.2019 22065

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Respublikada onkogematologik va boshqa o‘tkir kasalliklarning profilaktikasi, tashxis qo‘yilishi va davolashning moliyalashtirilishini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 100 mingdan ortiq bemor saraton kasallari hisoblanadi, har yili 20 mingdan ortiq odamlarda xavfli o‘smalar aniqlanmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 10 yilda respublikada qon tizimi kasalliklarining o‘sishi kuzatilmoqda (O‘zbekistonda gemoblastozlarning tarqalishi 100 ming aholiga 6-7 tani, Rossiyada 100 ming aholiga 12,7 tani, AQShda 100 ming aholiga 4 tani tashkil etmoqda). Yuqori texnologiyali diagnostika usullarining joriy etilishi va profilaktika ko‘riklarining o‘tkazilishi hisobiga, respublikada har yili tashxis qo‘yish, onkogematologik qon kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning, ayniqsa bolalar populyatsiyasida hayot davomiyligi ortib bormoqda. 

Shu bilan birga, o‘limga olib keladigan kasallikning ko‘plab holatlari bir nechta sabablarga ko‘ra saqlanib qolmoqda. Xususan:

birinchidan, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari tomonidan qon tizimi onkologik kasalliklarini tashxislash va davolash uchun yetarli darajada qamrab olinmaganligi va kadrlarning salohiyati yetishmasligi. Har yili O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutida o‘rtacha 510-700 nafar “O‘tkir leykemiya” tashxisi qo‘yilgan boshlang‘ich katta bemorlar va bolalar davolanmoqda, bolalar orasida o‘rtacha hisobda ushbu kasallikning 300 ta boshlang‘ich holatlari tashxislanmoqda;

ikkinchidan, onkogematologik qon kasalliklarini davolashning narxi yuqoriligi. Butun dunyoda gematologik bemorlarni davolash eng qimmat hisoblanadi. O‘tkir leykemiya bilan og‘rigan bemorlar uchun kimyoterapiya uchun har bir kursning narxi 3 milliondan 30 million so‘mgacha o‘zgarishi mumkin, qon tomir hujayralarini autologik transplantatsiya qilish uchun esa faqatgina dori vositalari uchun xarajatlar 35 mingdan 100 ming AQSh dollargacha bo‘lishi mumkin;

uchinchidan, kasallikning o‘sishi va undan omon qolishining keng tarqalgan muammosi bu kasallikning keyingi bosqichlarida va tashxis qo‘yishning mumkin emasligida tibbiy yordamga murojaat qilishdir. Xavfli o‘smalarni erta aniqlashda samarali davolanish bilan ijobiy natijalar ehtimolligi yuqori, omon qolish ehtimolligi oshadi, kasallanish darajasi va davolanishning narxi kamayadi. Shu bilan birga, statistika shuni ko‘rsatadiki, 50 foizdan ko‘p bo‘lgan holatlarda ushbu kasallik uchinchi yoki to‘rtinchi bosqichlarda aniqlanmoqda va davolanish har doim ham yordam bermaydi;

to‘rtinchidan, respublikada gematologlar, kimyoterapiya dori-vositalari va onkogematologik kasalliklarni tashxislash hamda davolash uchun budjet mablag‘larining etishmasligi bemorlarning omon qolish darajasini 40-50 foizga olib kelmoqda, misol uchun mazkur ko‘rsatkich Rossiyada 60-90 foizni va Yevropa davlatlarida 80-90 foizni tashkil qilmoqda;

beshinchidan, saraton kasalligi vujudga kelishi ehtimoli ko‘p miqdorda noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faoliyatning yetishmasligi, tamaki, alkogol ichimliklarni iste'mol qilish, shuningdek salomatlik uchun zarar hisoblangan oziq-ovqat mahsulotlarni iste'mol qilish bilan bog‘liq.

Bundan oldin, O‘zbekistonda yangi yig‘imlar joriy etilishi, ular og‘ir kasalga chalingan bolalarni davolashga yo‘naltirilishi xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: