O‘zbekiston delegatsiyasi Bokudagi Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi majlisida qatnashadi

O‘zbekiston 12:15 / 20.09.2019 2284

2019 yilning 20 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ozarboyjon Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Huseyn Guliyevni qabul qildi.

Muloqot chog‘ida Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi (TTDHK) majlisida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq amaliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Ta'kidlanganidek, 2009 yil 3 oktabr kuni imzolangan TTDHKni tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinishi mamlakatlarimizga ikki va ko‘p tomonlama shakllarda hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va boshqa sohalarda O‘zbekiston - Ozarboyjon tadbirlarini o‘tkazish muddatlari bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: