Nur-Sultonda erkin kurash bo‘yicha bahslar boshlanmoqda. Bugun Bekzod Abdurahmonov va Ixtiyor Navro‘zov gilamga chiqadi

Sport 10:00 / 20.09.2019 6445

Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining bugungi kun dasturida erkin kurash bo‘yicha bahslar o‘tkaziladi.

Ushbu kun dasturida O‘zbekiston erkin kurash terma jamoasining bir qator nomdor vakillari gilamga chiqishadi.

Ular orasida Rio Olimpiadasi sovrindori Ixtiyor Navro‘zov, Osiyo o‘yinlarining ikki karra g‘olibi Bekzod Abdurahmonov kabi kurashchilar ham bor.

Bugun bahs olib boradigan O‘zbekiston vakillari musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

-70 kg: Ixtiyor Navro‘zov (Olimpiya o‘yinlariga kiritilmagan) – Karan Karan (Hindiston)
-74 kg: Bekzod Abdurahmonov – Fraknlin Gomes (Puerto-Riko)
-125 kg: Hasanboy Rahimov – Luis Felipe Urbanexa (Venesuela)

Ko‘proq yangiliklar: