Dzyudo. Toshkent Gran-prisining birinchi kunida ikki nafar o‘zbekistonlik shohsupadan joy oldi

Sport 19:16 / 20.09.2019 4818

Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-pri turnirining birinchi kun bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda erkaklar -60 va -66 kg vaznda tatamiga tushdi. Qizlar -48, -52 va -57 kgda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

-60 kgda ishtirok etgan to‘rt nafari o‘zbekistonlik dzyudochilardan Diyorbek O‘rozboyevgina shohsupagacha yetib bora oldi. U o‘z guruhida g‘olib bo‘lib, yarimfinalga chiqdi va bu bosqichda rossiyalik Yago Arveladzega yutqazdi. Bronza uchun bahsda turkiyalik M.Akkusdan ustun keldi. Yana bir bronza Y.V.Yangga nasib etdi. Finalda Arveladze yaponiyalik G.Kagoni ippon bilan mag‘lub etib Gran-pri g‘olibi bo‘ldi.

-66 kg vaznli polvonlar bahslarida o‘zbekistonlik dzyudochilar kuchli va to‘liq tarkibda qatnashdi. Sardor Nurillayevdan boshqa barchasi ilk uchrashuvlardayoq raqiblariga mag‘lub bo‘lishdi. S.Nurillayev guruh g‘olibligi uchun kurashda rossiyalik Ya.Shamilovga yengilgan bo‘lsa-da, medallar uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi. Keyingi ikki bahsda raqiblaridan ustun kelib bronza medaliga ega chiqdi. Yakunda Shamilov Y.Aida ustidan g‘olib keldi. Yana bir bronza medali misrlik M.Abdulmashhudga nasib etdi.

Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda o‘zbekistonlik Sita Kadamboyeva -52 kgda yettinchi o‘rindan joy oldi.

Ko‘proq yangiliklar: