Dilshodbek Ro‘zmetov Benjamin Uittekerni yengib finalga chiqdi

Sport 20:40 / 20.09.2019 10327

Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlari davom etmoqda.

-81 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Dilshodbek Ro‘zmetov final ostonasida buyuk britaniyalik Benjamin Uitteker bilan bahs olib bordi.

3 raund o‘zining ajoyib harakatlari bilan ajralib turgan Dilshodbek Ro‘zmetov bellashuvni o‘z foydasiga hal qildi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa terma jamoamiz vakillari orasida final yo‘llanmasiga sazovor bo‘lgan bokschilar soni 3 nafarga yetdi. Bungacha -52 kg vazn toifasidagi Shahobiddin Zoirov hamda -57 kg vazn toifasidagi Mirazizbek Mirzaxalilov finalga yo‘l olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: