Boks bo‘yicha JChda yarim final: 8ta vazndan 5tasida o‘zbekistonliklar ringga chiqadi

Sport 09:35 / 20.09.2019 31320

Bir kunlik tanaffusdan so‘ng, Yekaterinburgda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati bahslari davom ettiriladi. Bugun turnirda finalchilar nomi ma'lum bo‘ladi.

Yarim finalga O‘zbekiston terma jamoasi 5 nafar vakil bilan yetib kelgan. Jamoaning chorak final janglarida qatnashgan beshala a'zosi ham keyingi bosqichga o‘tib, kamida bronza medallarini naqd qilgan edi.

Jahon chempionati yarim finali
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Bilal Bennama (Fransiya) (Boshlanish vaqti - 15:00)
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov – Erdenebat Tsendbaatar (Mo‘g‘uliston) (19:15)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Pet Makkormak (Angliya) (19:45)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Benjamin Uittaker (Angliya) (20:15)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Maksim Babanin (Rossiya) (20:45)

Eslatib o‘tamiz, bungacha Elnur Abduraimov va Sanjar Tursunov saralashning ikkinchi bosqichida, Fanat Qahramonov nimchorak finalda kurashdan chiqqan edi.

Final bellashuvlari ertaga, 21 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: