Bekzod Abdurahmonov kurashdan chiqdi, Navro‘zov va Rahimovda bronza uchun imkoniyat bor

Sport 17:00 / 20.09.2019 6184

Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kun dasturi O‘zbekiston erkin kurash terma jamoasi uchun muvaffaqiyatsiz kechmoqda.

Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) o‘z ishtirokini saralash bosqichida boshlab dastlab puerto-rikalik Franklin Gomesni 4:0 hisobida yengdi. 1/16 finalda esa u kubalik Jyeandre Garzonni 10:6 hisobida mag‘lub etdi va nimchorak finalga yo‘l oldi. Ammo u bu bosqichda ozarboyjonlik Gadjimurad Gadjiyevga 9:12 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Gadjiyev esa chorak finalda amerikalik Jordan Burrougzga mag‘lub bo‘lgach, Abdurahmonov bronza uchun o‘tish o‘yinlarida ishtirok etolmasligi aniq bo‘ldi.

Ixtiyor Navro‘zov (-70 kg) 1/16 finalda hindistonlik Karan Karanni 7:0, 1/8 finalda bolgariyalik Ali Umarpashayevni 7:6 hisoblarida yengdi, ammo 1/4 finalda rossiyalik David Bayevdan 5:11 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bayev esa yarim finalda polshalik Magomedmurad Gadjiyevni yengib finalga chiqdi, bu esa o‘zbekistonlik sportchiga bronza uchun o‘tish turnirida qatnashish imkoniyatini taqdim etdi.

O‘zbekiston terma jamoasining yana bir vakili Hasanboy Rahimov (-125 kg) esa saralashda venesuelalik Luis Felipe Urbanexani (10:0), 1/8 finalda vengriyalik Daniyel Ligetini (sof g‘alaba) yengdi. Ammo chorak finalda turkiyalik Taha Akgulga yutqazdi (0:3). Turkiyalik sportchi esa yarimfinalda xitoylik Jivei Dengdan ustun kelib finalga chiqdi, bu esa Rahimovga bronza uchun o‘tish turnirida qatnashish imkoniyatini beradi.

Ko‘proq yangiliklar: