Abdulaziz Komilov BMT Bosh assambleyasi sessiyasida ishtirok etadi

O‘zbekiston 11:35 / 20.09.2019 2056

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2019 yilning 21-29 sentabr kunlari AQShga tashrif buyuradi.

TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasida, jumladan E'tiqod erkinligini himoya qilish Global chaqiruvi taqdimotiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi tadbirda, Iqlim ta'sirlari bo‘yicha BMT Sammitida, «Markaziy Osiyo - AQSh» («C5+1») shaklida va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining (OHIChK) vazirlar uchrashuvlarida ishtirok etadi.

Shuningdek, Nyu-York shahrida xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Tashrif dasturida Vashington shahrida AQSh rasmiy shaxslari bilan muzokaralar o‘tkazish va O‘zbekiston-AQSh kun tartibi masalalarini muhokama qilish ham ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: