Sifati kafolatlanmagan biofaol qo‘shimchalarning noqonuniy aylanmasi to‘xtatib qolindi

Jamiyat 17:20 / 18.09.2019 2819

Bojxona xodimlari yurtimiz hududiga sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni noqonuniy olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Xususan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorlikda Forish tumanining qo‘shni davlat bilan chegaradosh aylanma yo‘lda tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida ushbu hududda qonunbuzar shaxslar tomonidan yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirishga urinilgan xo‘jalik sumkalari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, sanoqdan o‘tkazilganda umumiy qiymati 933 350 000 so‘mlik, 65 391 dona “Minoxidil” gel, “Montalin” va “Samyun Wan” nomli biofaol qo‘shimchalar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: