Samarqand shahrida 5,5 kilometrli kanatli yo‘l barpo etiladi

O‘zbekiston 00:59 / 18.09.2019 23672

Samarqandda Italiyaning Leitner Ropeways kompaniyasi tomonidan sim arqon — kanatli yo‘l barpo etiladi. Bu loyiha Samarqand aeroportining yangi terminali qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida viloyat hokimi E.Turdimov va Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, transport vaziri O.Ramatovga namoyish etilgan.

Loyiha suratlaridan anglashilishicha, uning uzunligi 5570 metrni tashkil etadi va uchta bekatdan iborat bo‘ladi. 1 va 2-bekatlar orasida 29 ta kabina, 2 va 3-bekatlar orasida 61 ta kabina harakatlanadi.

Bekatlar Universitet Xiyobonining oxirida, Ko‘ksaroy maydonida va Ulug‘bek rasadxonasida bo‘lishi mo‘ljallanmoqda. Kabinalar 22 km/soat tezlikda harakatlanadi. O‘tkaziladigan yo‘nalish bo‘ylab Samarqand shahrining tarixiy qismini bemalol balandlikdan tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

O‘z muxbirimiz.

Foto: Baxtiyor MUSTANOV.

Ko‘proq yangiliklar: