«O‘zgidromet» kuzatuv tizimlarini modernizatsiya qiladi

O‘zbekiston 14:20 / 18.09.2019 1263

O‘zbekiston Respublikasiga WeatherRia So., Ltd. Koreya konsalting kompaniyasi hamda KEITI Koreya ekologik industrial va texnologik instituti vakillari bilan hamkorlikdagi faoliyati doirasida xalqaro ekspertlar tashrif buyurdi. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, tashrif «O‘zbekistonda suv resurslari ta'minoti uchun qor qoplami sathini o‘lchashning ko‘p nuqtali lazerli skanerlash usulini ishlab chiqish» loyihasini amalga oshirish doirasida tashkil qilindi.

WeatherRia So., Ltd. Koreya meteorologik ma'muriyati litsenziyasiga ega yagona kompaniya bo‘lib, Koreya gidrometeorologik xizmatini modernizatsiyalash va takomillashtirishda faol ishtirok etadi. Kompaniya dunyoda birinchi qor qoplami sathini ko‘p nuqtali avtomatik lazerli o‘lchagichni ishlab chiqdi. «O‘zgidromet» 2018 yildan beri KEITI va WeatherRia So., Ltd. bilan hamkorlikda kuzatuv tizimlarini modernizatsiyalash loyihasini amalga oshirib kelmoqda.

Koreyalik mutaxassislarning O‘zbekistonga tashriflari doirasida Qamchiq qor ko‘chki stansiyasiga ko‘rinuvchanlikni o‘lchaydigan hamda Chorvoq va So‘qoq mintaqaviy uchastkalariga qor qatlamini o‘lchash uchun ko‘p nuqtali avtomatik lazerli o‘lchagich o‘rnatildi. «O‘zgidromet»ning texnik mutaxassislariga yangi o‘rnatilgan uskunalarda ishlash bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazildi. 

Shuningdek, tashrif davomida markaz va GMITI rahbarlari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Unda loyihani amalga oshirish rejasi muhokama qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: