O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish yanada kamaydi 

O‘zbekiston 16:57 / 18.09.2019 7682

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-avgust oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 11,1 foizga kamaydi.

Qayd etilishicha, 2018 yilning shu davrida 764,1 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 679,5 ming tonna.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi - 4 foiz. 2018 yilda 730,1 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 701,2 ming tonna.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019 yil yanvar-avgust oylarida neft qazib olishni 2018 yilning shu davriga nisbatan 6,5 foizga qisqartirdi - 467,2 ming tonnagacha.

2019 yil yanvar-avgust oylarida tabiiy gaz qazib olish qariyb 40,33 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 0,2 foizga ko‘p.

2019 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 1,38 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 3,1 foizga kamdir. 

Ko‘proq yangiliklar: