Chempionlar Ligasi. «Tottenhem» g‘alabani qo‘ldan chiqardi, Belgiyada nursiz durang

Sport 23:56 / 18.09.2019 5287

Yevropa Chempionlar Ligasining chorshanba kungi o‘yinlari ham duranglar bilan boshlandi. «Tottenhem» Gretsiyada «Olimpiakos» mehmoni bo‘lib, 2ta to‘p farqida oldinga chiqib olganiga qaramay, g‘alaba qozona olmadi.

Belgiyada «Bryugge» va «Galatasaroy»  jamoalari bahs yuritishdi. O‘yinda hisob ochilmadi.

YeChL, 1-tur

A guruhi

Bryugge – Galatasaroy 0:0

Bryugge: Minole, Deli, Mata, Mitrovich, Rikka, Vanaken, Rits (Alvares, 86), Bonaventura (Diane, 73), Vormer, Diatta, Okereke (Openda, 60).
Galatasaroy: Muslera, Mariano (O‘zbayroqli, 90), Teysheyra, Nagatomo, Luyindama, Nzonzi, Seri (Donk, 90+2), Feguli, Lemina (Mo‘r, 60), Babel, Falkao.
Ogohlantirishlar: Lemina (56) Openda (73), Nzonzi (73), Vormer (80), Donk (90+3).

V guruhi 

Olimpiakos – Tottenhem 2:2

Gollar: Podense (44), Valbuena (54, penalti) – Keyn (26, penalti), Moura (30).
Olimpiakos: Joze Sa, Elabdellaui, Merya, Tsimikas, Ruben Semedu, Masuras (Ranjyelovich, 78), Valbuena (Benziya, 69), Buxalakis, Podense, Gilerme, Gerrero (El-Arabi, 89).
Tottenhem: Loris, Vertongen, Alderveyreld, Devis, Sanches, Moura (Lamela, 76), Alli (Son, 73), Eriksen, Ndombele (Sissoko, 62), Uinks, Keyn.
Ogohlantirishlar: Gilerme (14), Uinks (88).

Ko‘proq yangiliklar: