Bojxona qo‘mitasi kursantlar paxta terimiga jalb etilgani haqidagi ma'lumotni rad etdi

O‘zbekiston 17:37 / 18.09.2019 13123

Joriy yilning 10 sentabr kuni ayrim internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda Bojxona instituti kursantlaridan paxta yig‘im terim mavsumiga ko‘ngilli asosda jalb etish bo‘yicha “tilxat”lar olinganligi to‘g‘risida ma'lumotlar tarqaldi.

Davlat bojxona qo‘mitasining axborot xizmati ushbu ma'lumotni rad etib chiqdi.

“Bugungi kunda Bojxona institutida o‘quv jarayoni tegishli ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja asosida uzilishlarsiz davom etmoqda. Institut kursantlarini paxta yig‘im terim mavsumiga jalb etish bo‘yicha biror bir buyruq qabul qilinmagan”, - deyiladi axborot xizmati xabarida. 

Qayd etilishicha, barcha shaxsiy tarkib o‘quv jarayonida to‘liq ishtirok etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: