Toshkent viloyatida ayollar tadbirkorligiga xalaqit berayotgan muammolar ochiqlandi

O‘zbekiston 10:48 / 17.09.2019 2276

2019 yil 16 sentabr kuni Toshkent viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitalari tomonidan viloyat hokimligi bilan hamkorlikda “Boshqaruv va biznesda xotin-qizlar ishtirokini oshirish – mamlakat siyosatining ustuvor yo‘nalishi” mavzusida seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, viloyatda xotin-qizlar bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yilning o‘tgan davri davomida jami 2,5 ming nafar ayol tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, qariyb 4 mingga yaqin ayol uchun ish o‘rinlari yaratilgan, shuningdek, ularga ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlar joylashtirilgan. 

Shunga qaramay, viloyatda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashda ayrim  muammolar ham mavjudligi seminarda tanqidiy muhokama qilindi. Xususan, ayol fermerlarga yer maydoni yoki to‘lovlar o‘tkazib berish,   tadbirkor xotin-qizlarga binolar, bank kreditlari ajratish va buzilgan binolar bo‘yicha kompensatsiya pullari to‘lash bilan bog‘liq masalalar mavjudligi ham qayd etib o‘tildi.

Seminar davomida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishdagi bu kabi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: