Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tarif setkasi tasdiqlandi

O‘zbekiston 09:52 / 17.09.2019 50542

Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005 yil 21 dekabrdagi 276-son qarori 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilindi:

2-ilovaning 3-bandidagi (Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalari tarif setkasi asosida ish haqining belgilangan eng kam oylik miqdorini mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tegishli guruhlarga kiritilgan sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlari uchun belgilangan tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentiga va tuzatish koeffitsiyentiga ko‘paytirish yo‘li bilan belgilanadi) “eng kam oylik miqdorini” so‘zlari “mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini” so‘zlari bilan almashtirildi.

Ko‘proq yangiliklar: