Shahobiddin Zoirov chorak finalga chiqdi

Sport 16:20 / 17.09.2019 14679

Bugun, 17 sentabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining to‘qqizinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi kun dasturida O‘zbekiston vakillaridan birinchi bo‘lib Shahobiddin Zoirov (-52 kg) chorak final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarildi.

Qirg‘izistonlik Azat Usenaliyevga qarshi bahs olib borgan Rio Olimpiadasi chempioni jangda o‘z ustunligini namoyish etib (5:0), keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

U endi bolgariyalik Daniel Panev Asenovga qarshi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

Kun davomida O‘zbekiston boks terma jamoasining yana 5 nafar vakili chorak final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi.

-91 kg: Sanjar Tursunov – Sanjit Sanjit (Hindiston)

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Muhammad Hamout (Marokash)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Delante Jonson (AQSh)
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Andre Paul Aradoay (Ruminiya)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Tsotne Rogava (Ukraina).

Janglarni tomosha qilish uchun link:

Ring B: Sanjar Tursunov - Sanjit, 17:40dan so‘ng, Mirazizbek Mirzaxalilov - Muhammad Hamut, 19:25 dan so‘ng, Bobousmon Baturov - Delante Jonson, 19:55dan so‘ng,  Dilshodbek Ro‘zmetov - Andrei Aradoay, 21:20 dan so‘ng, Bahodir Jalolov - Tsonte Rogava, 22:30dan so‘ng.

Ko‘proq yangiliklar: