Poroshenkoga tegishli zavodlardan biriga sud tomonidan taqiq qo‘yildi

Jahon 17:07 / 17.09.2019 7383

Kiyevning Pecherskiy rayon sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko aktivlariga kiruvchi “Kuznitsa na Ribalskom” zavodi mulki va korporativ huquqlariga nisbatan taqiq qo‘ydi. Bu haqda yurist Andrey Portnov ma'lum qildi.

Uning bildirishicha, aktivlarga uning "jinoiy daromadlarni legallashtirish va soliqlarni to‘lamaslik” to‘g‘risidagi arizasiga asosan taqiq qo‘yilgan.

Portnovning aniqlik kiritishicha, mazkur ishda Pyotr Poroshenko va ukrainalik biznesmen Sergey Tigipko asosiy javobgarlar hisoblanadi.

Pyotr Poroshenko Ukrainada qator ishlar, jumladan davlatga xiyonat, mansab vakolatini suiiste'mol qilish, jinoiy daromadlarni legallashtirish, soliqlarni to‘lamaslik, sud hokimiyatiga bosim o‘tkazish kabi ishlar bo‘yicha javob bermoqda.

Ko‘proq yangiliklar: