O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin-valuta zaxiralari to‘g‘risidagi statistik ma'lumotlarni yangiladi.
1 sentabr holatiga ko‘ra, rasmiy zaxiralar 28,45 mlrd dollarni tashkil qildi. Undan 12,11 mlrd dollari chet el valutasidagi zaxiralar bo‘lsa, 15,97 mlrd dollari oltindir.
Eslatib o‘tamiz, 1 avgust holatiga ko‘ra rasmiy zaxiralar 27,72 mlrd dollarni tashkil qilgandi. Undan 12,28 mlrd dollari chet el valutasidagi zaxiralar, 15,08 mlrd dollari oltin edi.