O‘zbekistonlik 6 nafar bokschi chorak final uchun jang qiladi

Sport 10:19 / 17.09.2019 22334

Bugun, 17 sentabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining to‘qqizinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu kun doirasida o‘zbekistonlik 6 nafar bokschi chorak final yo‘llanmasi uchun bahs olib borishadi.

Soat 15:00dan boshlanadigan kunduzgi dasturda Shahobiddin Zoirov va Sanjar Tursunov, soat 19:00dan keyingi kechki dasturda esa Miraziz Mirzaxalilov, Bobousmon Baturov, Dilshod Ro‘zmetov va Bahodir Jalolov ringga ko‘tariladi.

O‘zbekiston boks terma jamoasi vakillarining bugungi raqiblari quyidagicha:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Azat Usenaliyev (Qirg‘iziston)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Sanjit Sanjit (Hindiston)

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Muhammad Hamout (Marokash)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Delante Jonson (AQSh)
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Andre Paul Aradoay (Ruminiya)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Tsotne Rogava (Ukraina).

Bugungi janglarni tomosha qilish uchun linklar:

Ring A: Shahobiddin Zoirov - Azat Usenaliyev, 15:40dan so‘ng; 

Ring B: Sanjar Tursunov - Sanjit, 17:40dan so‘ng, Mirazizbek Mirzaxalilov - Muhammad Hamut, 19:25 dan so‘ng, Bobousmon Baturov - Delante Jonson, 19:55dan so‘ng,  Dilshodbek Ro‘zmetov - Andrei Aradoay, 21:20 dan so‘ng, Bahodir Jalolov - Tsonte Rogava, 22:30dan so‘ng.

Ko‘proq yangiliklar: