O‘zbekiston aholisi chet ellik shifokorlar bilan bepul maslahatlashishlari mumkin

Jamiyat 15:00 / 17.09.2019 13683

Tashxisning to‘g‘riligiga va belgilangan davolanishiga shubha qiladigan yoki kasallikka qarshi kurashning alternativ usullari to‘g‘risida bilishni istagan bemorlar ANADOLU tibbiyot markazining (Istanbul, Turkiya) yetakchi shifokorlari bilan maslahatlashib, o‘zlarining tibbiy tarixi va tadqiqotlar natijalarini yuborishlari mumkin. Klinikaning shifokorlari tibbiy ma'lumotlarni bepul ko‘rib chiqadilar va kasallikka tavsiya etilgan davolanish to‘g‘risida mustaqil fikr bildiradilar.

Tibbiyot markazi Amerikaning jahonga mashhur Jons Hopkins universitet klinikasi (Johns Hopkins Medicine) tashabbusi bilan tashkil qilingan. Hozirgi faoliyatini ham universitet klinikasi bilan hamkorlikda olib boradi. Jons Hopkins klinikasining o‘zi 1889 yilda tashkil qilingan va shu kunga qadar tibbiyot sohasida juda ko‘p kashfiyotlar qilgan. Bu gospital 20 yildan buyon onkologik kasalliklarni davolashda eng yaxshi klinika sifatida tan olinadi.

Mana shunday strategik hamkorlik tufayli ANADOLU klinikasi Amerikaning yuqori standartlari asosida ishlaydi hamda xalqaro darajadagi tajriba va innovatsiya almashish imkoniga ega.

ANADOLU – hamyonbop narxdagi (tibbiy xizmatlarning narxi Yevropa va Isroilga nisbatan 20-30% arzon) va geografik jihatdan juda qulay joylashgan (Toshkentdan Istanbulga muntazam reyslar mavjud) yuqori sifatli tibbiyot markazi hisoblanadi. Ehtiyoj tug‘ilgudek bo‘lsa, klinika shifokorlari AQShdagi hamkasblari bilan maslahatlashishi mumkin.

ANADOLU markazida alohida kasalliklarga ixtisoslashgan markazlar mavjud:

  • Onkologiya markazi (Kimyoterapiya, Target terapiya, Immunoterapiya, Jarrohlik, Radiatsion terapiya, Palliativ yordam);
  • Jarrohlik markazi (shu jumladan, Da Vinci roboti vositasidagi jarrohlik);
  • Miya suyagini transplantatsiya qilish markazi (Yevropadagi eng yirik uchta markazdan biri);
  • Yurak, qon-tomir jarrohligi markazi;
  • Neyrojarrohlik markazi;
  • Innovatsion diagnostika markazi (Patologik laboratoriya, MRT, KT, PET KT, «suyuq biopsiya») va boshqalar;
  • EKO markazi.

ANADOLU klinikasi Yevropa va Amerikada ishlab chiqarilgan yangi tibbiy texnologiyalar bilan ta'minlangan. Ularning yordamida qisqa muddat ichida aniq tashxislar qo‘yish, murakkab operatsiyalarni amalga oshirish va saraton kasalligini davolashda quyidagi ilg‘or usullarni qo‘llash mumkin:

  • Radioterapiya va radiojarrohlik (yangi texnologiyalar – CyberKnife M6, Varian Edge, Radixact);
  • Onkologiyaning so‘nggi bosqichlarini davolash uchun «qaynoq» kimyoterapiya – butun dunyo bo‘yicha klinikalar birlashmasida amalga oshiriladi;
  • Radioembolizatsiya va kimyoyembolizatsiya – dunyoning faqat bir nechtagina onkologik markazlarida amalga oshiriladigan jigar metastazi va o‘simtani davolashning yangi metodi;
  • Robotik operatsiya, shu jumladan, ko‘krak, yurak, prostata saratoni va shu kabi operatsiyalarda.
  • Miya suyagi transplantatsiyasi, shu jumladan, donorning qisman roziligi bilan gaploidentik transplantatsiya (donor to‘liq rozi bo‘lmagan hollarda) va h.k.

2018 yil ANADOLU klinikasiga turli onkologik kasalliklarni operatsiyasiz davolash uchun Radioterapiya va radiojarrohlik bo‘limi to‘liq yangilandi.

Bunday asbob-uskunalar dunyoda yagona hisoblanadi! Jarrohlik operatsiyalariga keladigan bo‘lsak, ularning ko‘pi jarrohlik tizimi, ya'ni Da Vinci roboti yordami bilan o‘tkaziladi.

Bu tizim operatsiyaning muvaffaqiyatli o‘tishini ta'minlaydi hamda operatsiyadan keying tiklanish davrini qisqartiradi.

Shu bilan birga, klinikada nafaqat davolanish, balki profilaktik tekshiruvdan o‘tish ham mumkin: jinsi, yoshi va mavjud kasalliklarga qarab turli xil profilaktik diagnostika dasturlarini taklif qiluvchi nazorat bo‘limi mavjud. Barcha tadqiqotlar bir joyda olib boriladi va atigi 1-2 kun davom etadi. Olingan natijalarga ko‘ra, bemorlarning sog‘lig‘i va mavjud xavf omillari to‘g‘risida batafsil xulosa, keyingi tibbiy nazorat, ovqatlanish va jismoniy faoliyat haqida tavsiyalar beriladi.

Nufuzli sertifikatlar, hujjatlar, akkreditatsiyalar va xalqaro darajadagi JCI, ESMO, OECI va bemorga yo‘naltirilgan yondoshuv uchun PlaneeTree Gold sertifikati klinika erishgan yutuq va muvaffaqiyatlarning tasdig‘idir.

Klinikaning xalqaro bo‘limi ANADOLU tashkil topganidan buyon ishlaydi, shuning uchun xorijlik bemorlar bilan ishlashda katta tajriba orttirgan. U yerda 65 nafar xodim ishlaydi, ularning ichida rusiyzabon koordinatorlar, shifokorlar va tarjimonlar bor. Har yili klinikaning mutaxassislari dunyoning turli nuqtasidan kelgan 6.500 dan ortiq bemorning sog‘lig‘ini tiklashga yordam beradi. Jumladan, bu yerga davolanish uchun O‘zbekiston, Rossiya va MDH davlatlaridan kelishadi.

ANADOLUning xalqaro bo‘limi klinikaning ichiga kiradi, shuning uchun uning xizmatlari bepul. Asosiy maqsad bemorga tezkor va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishdir. Bunda til bilmaslik va boshqa muammolar xalaqit qilmasligi kerak.

ANADOLU xalqaro markazida chet ellik bemorlar va ularning oilalari uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. U yerda quyidagi xizmatlar bepul taqdim etiladi:

  • amaldagi tibbiy hujjatlarga asoslangan dastlabki konsultatsiya va davolanishning taxminiy jarayoni;
  • konsultatsiya va jarayonlar uchun masofadan turib, ro‘yxatdan o‘tish;
  • Turkiyaga kelgandan keyingi transfer;
  • Turkiyada mehmonxona izlash va bron qilishga yordam;
  • rusiyzabon tarjimon bilan ta'minlash;
  • davolanish paytida shaxsiy koordinator;
  • davolanish uchun tibbiy hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilish;
  • davolanish jarayoni tugaguncha shifokor bilan doimiy aloqa va konsultatsiyalar va boshqalar.

ANADOLU klinikasining xalqaro konsultatsiya markazi sizning sog‘lig‘ingizga xizmat qiladi!

Kasalligingiz bo‘yicha olingan tashxisni tekshirtirish va kerakli tavsiyalarni olish uchun ANADOLU shifokorlariga bepul murojaat qilishingiz mumkin (sirtqi konsultatsiya). Buning uchun quyidagi kontakt ma'lumotlarimizdan biriga murojaat qiling:

Sayt: www.anadolumedicalcenter.ru

Telefonlar: +90 (262) 678 50 22, +90 (262) 678 54 67 (Turkiya)

Elektron pochta: int.patiens@anadolusaglik.org

Facebook: fb.com/anadolumedical.official

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: