Hukumat qarori bilan mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasi tasdiqlandi

O‘zbekiston 09:34 / 17.09.2019 107438

Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining asosi etib qabul qilindi va Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasi tasdiqlandi.

Xodimlar mehnatiga haq to‘lashni tashkil etish asosi sifatida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasidan foydalanuvchi tashkilotlar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qo‘llanilayotgan tarif koyeffitsiyentlari o‘z vaqtida qayta hisoblab chiqilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2018 yil 13 oktyabrdagi Farmoniga muvofiq ishlab chiqiladigan davlat boshqaruvi organlari, budjet va davlat tashkilotlarining mehnatga haq to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish konsepsiyasi loyihasida quyidagilarni nazarda tutadi:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlari mehnatiga to‘lanadigan haq miqdorini va ularni moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlarini aniqlashga yagona uslubiy yondashuvni;

ayrim vazirlik va idoralar uchun tarif stavkalariga oshib boruvchi koyeffitsiyentlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatga haq to‘lash bo‘yicha guruhlari belgilanishi natijasida vazirliklar va idoralar, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari o‘rtasida mehnatga haq to‘lashda ayni vaqtda mavjud bo‘lgan tabaqalashuvni bekor qilishni;

moddiy rag‘batlantirish miqdorlarining xodim faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichlariga, uning bilim va ko‘nikmalariga, bajaradigan mehnat funksiyalarining murakkabligi va javobgarligi darajasiga bevosita bog‘liqligini belgilashni.

Ko‘proq yangiliklar: