«Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi bu yilgi kuz–qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda

Jamiyat 11:05 / 17.09.2019 4785

Barchaga ma'lumki, hozirgi kunda davlat rahbari tomonidan respublikaning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani kuz–qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlash masalalariga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.

Xususan, prezidentning 2019 yil 30 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020 yillar kuz–qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4407–sonli qaroriga muvofiq, mamlakatning barcha viloyatlari, tuman va shaharlarida kuz–qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yuqoridagi qaror ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilingan “Elektr uzatish tarmoqlarini joriy hamda mukammal ta'mirlashni 2019 yilga mo‘ljallangan reja dasturi”ga muvofiq, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joriy yil davomida jami 753,75 km uzunlikdagi 0,4–110 kVli elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta'mirdan, 15 068,8 km uzunlikdagi 0,4–110 kVli elektr uzatish tarmoqlari joriy ta'mirdan chiqarildi. 1 413,9 km uzunlikdagi 0,4–6–10 kVli elektr uzatish havo tarmoqlari daraxt shoxlaridan tozalandi.

Bundan tashqari, joriy ta'mirlash rejasi doirasida viloyat bo‘yicha jami 4 621 dona 6–10/0,4 kVli transformator punktlari joriy ta'mirdan chiqarildi, deyiladi “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabarida.

Jamiyat tasarrufidagi tuman va shahar elektr ta'minoti korxonalarida kuz–qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan joylarda qo‘shimcha avariya–tiklash brigadalari faoliyati tashkil etilib, ehtiyot qismlar zaxirasi shakllantirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: